AGMK yana bir transferni amalga oshirdi

  • 6 yanvar, 2021, 22:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tarkibni yanada kuchaytirishga intilayotgan va selektsiya ishlarini faollik bilan davom ettirayotgan AGMK bugun navbatdagi transferni amalga oshirdi, - deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.

Tecno

O‘tgan yillar mobaynida “Buxoro” sharafini himoya qilgan tezkor chap qanot himoyachisi – Ergash Ismoilov bilan shartnoma imzolandi. Ajoyib tezlik va yuqori iqtidor egasi endilikda “konchilar” libosida AGMK sha’nini himoya qiladi. Ergash Ismoilov erkin agent sifatida klub bilan bir yillik bitimga imzo chekdi.

Ergash Ismoilov 1995 yili Xorazm viloyatida tavallud topgan. U 2014 yildan e’tiboran “Bunyodkor” jamoasida katta futbolga qadam qo‘ygan. 2016 yilgi mavsumda “Metallurg” sharafini himoya qilgan. 2017-2020 yillarda esa “Buxoro”da barqaror o‘yin ko‘rsatgan futbolchi yangi mavsumdan boshlab AGMK libosini kiyadi. Ismoilov faoliyati davomida jami 110 ta uchrashuv o‘tkazgan hamda raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg‘ol etgan.

ergash

Ergash Ismoilov AGMK bilan shartnoma imzolaganidan benihoya xursand kayfiyatda ilk taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi:

- AGMKning ahil oilasi meni iliq kutib oldi. Garchi endigina jamoaga qo‘shilgan bo‘lsam-da, taassurotlar bir olam. To‘g‘risi, 4 yildan buyon “Buxoro”da o‘ynadim va endi o‘zimni kuchli jamoada sinab ko‘rish ishtiyoqi paydo bo‘ldi. AGMK o‘tgan ikki mavsumdan beri barqaror va yuqori darajadagi jamoaga aylanmoqda. Qolaversa, AGMKda Mirjalol Qosimov boshqaruvida to‘p surish istagi meni Olmaliqqa chorladi. AGMKni tanlaganimdan xursandman. Reja va maqsadlar ulkan. Xudo xohlasa, yangi mavsumda yanada kuchliroq o‘ynab, Olmaliq shahriga yangi g‘alabalarni taqdim etishga urinamiz. Agarda yangi jamoamda 28-raqam bo‘sh bo‘lsa, odatdagidek o‘zim uchun sevimli bo‘lgan ushbu raqamni tanlashni rejalashtirganman. Mabodo, ushbu raqam band etilgan bo‘lsa, mayli boshqa raqamni tanlayman. AGMK uchun 2021 yilgi mavsum chiroyli o‘tishiga umidvorman. Superliga, Kubok va xalqaro maydonda ko‘zlangan vazifa hamda maqsadlarga erishamiz, degan umiddaman, - dedi futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!