
AGMK futbolchisi "Qizilqum"ga o‘tmoqda
O‘tgan mavsumni AGMK safida o‘tkazib, Superliga kumush medallariga ega chiqqan Husniddin G‘ofurov faoliyatini boshqa jamoada davom ettirishga yaqin turibdi.
SPORTS.uz saytiga ma’lum qilinishicha, 27 yoshli futbolchi navoiyliklar bilan kelishib ulgurgan. Tez fursatlarda bu haqda rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.
G‘ofurov so‘nggi ikki mavsumni Mirjalol Qosimov qo‘l ostida olmaliqliklar tarkibida o‘tkazdi. Bu vaqt oralig‘ida u 45 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 gol va 3 assistni yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.
Voqealar rivojini biz bilan kuzatib boring!
Fikrlar