AGMK eng ko‘p assist amalga oshirgan futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

  • 17 yanvar, 2021, 00:15
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval, AGMK Sanjar Tursunov bilan yangi bitimga erishganligini yozgan edik. Jamoa matbuot xizmati yana bir futbolchi bilan shartnomani uzaytirgani haqida xabar berdi.

Tecno

"Ortda qolgan mavsumda jamoamiz safida eng ko‘p golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi Murod Toshmatov 2021 yilgi mavsumda ham AGMK sharafini himoya qiladi.

Futbolchi va klub o‘rtasidagi bitim yana bir yilga uzaytirildi. 2021 yilgi mavsumda ham Murod Toshmatov AGMK libosida golli uzatma va samarali harakatlarni yanada ko‘proq amalga oshirishi hamda jamoamizning bo‘lajak g‘alabalarida hissasini qo‘shishiga tilakdoshmiz"-,deya olmaliqliklar "Telegram" sahifasi xabar tarqatdi.

29 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 1 ta gol va 7 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!