
Abraxam Mourinoga katta va’da bervordi
“Roma” futbolchilari uchun mavsum muvaffaqiyatli yakunlandi. Poytaxt “bo‘rilar” UEFA tasnifidagi Konferentsiyalar ligasining birinchi g‘olibi sifatida tarixda nom qoldirdi.
Jamoa to‘purari Temmi Abraxam ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘z hissiyotlarini muxlislar bilan o‘rtoqlashmoqda.
Angliyalik futbolchi instagramdagi sahifasiga Konferentsiyalar ligasi kubogi bilan tushgan rasmini qo‘yib, “Biz o‘zimizga ishondik, natijaga erishdik. Biz Evropa chempionimiz, tarix yaratilmoqda”, deb yozdi.
Uning gapiga javob Joze Mourino “Evropa ligasi sovrini etishmayapti”, - degan izoh qoldirdi.
Abraxam buni e’tiborsiz qoldirmadi va “Keyingisi Evropa ligasi bosh sovrini bo‘ladi”, deb javob berdi.
Ma’lumki, “Roma” Konferentsiyalar ligasi g‘olibi sifatida keyingi mavsumni Evropa ligasida o‘tkazadi.
Fikrlar