Abraxam kelasi mavsumni qaerda boshlashini aytdi

  • 21 may, 2022, 18:08
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Roma” to‘purari Temmi Abraxam yakunlanayotgan mavsumda 51 ta uchrashuvda 26 ta to‘p kiritdi. Uning sermahsul o‘yini Angliya premer-ligasi grandlarining e’tiborini tortmoqda. 24 yoshli forvardga o‘z yurtining bir necha klublaridan chorlov bo‘lyapti.

Tecno

Angliyalik hujumchi o‘zining premer-ligaga qaytishi haqidagi savollarga javob qaytardi.

- “Torino”ga qarshi o‘yinda xet-trik qayd etishni istagandim, asosiysi, biz g‘alaba qozondik. Bu og‘ir va uzoq davom etgan mavsum bo‘ldi. Jamoadoshlarimga minnatdorlik bildiraman, biz yaxshi ishladik.  

Oldimizda Konferentsiyalar ligasining finali turibdi. Hammamizda hayojon bor.

Men avval aytganimdek, klubimni ilk kundanoq yaxshi ko‘rib qolganman va har doim o‘z gollarim bilan unga yordam berishni istayman. Bu men uchun yaxshi mavsum bo‘ldi va yutuqlarimni davom ettirmoqchiman. Yilni sovrin bilan yakunlay olsak, haqiqatan muvaffaqiyatli mavsum bo‘ladi.

Angliya premer-ligasiga qaytishim haqida ko‘p so‘rashadi. Men “Roma”ni yaxshi ko‘raman. Kelajakda nima bo‘lishini bilmayman, lekin hozir qalbim faqat Rimga tegishli, - dedi Temmi Abraxam.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!