
Abduqodir Husanov qaytdi!
Ertaga Frantsiya chempionati 30-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mazkur turda "Lans" o‘z uyida autsayder "Klermon"ni qabul qiladi.
Ushbu bahs uchun "sariqlar"ning kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi. Abduqodir Husanov bu bellashuvning qaydnmomasiga kiritildi. Vakilimiz "Mets"ga qarshi bahsda qaydnomaga kiritilmadi, chunki u "Lans B" jamoasi safida "Saint Amand" jamoasiga qarshi uchrashuvda qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, "Lans" -"Klermon" o‘yini ertaga tungi soat 00:00da start oladi.
Fikrlar