
Abbosbek Fayzullaevga “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovrini topshirildi
Xabaringiz bor, Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan o‘tgan yil yakunlariga bag‘ishlangan taqdirlash marosimida Abbosbek Fayzullaev “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” sifatida e’tirof etilgan edi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni kunlarda terma jamoa tarkibida Ventyan shahrida bo‘lib turgan futbolchimizga O‘FA rahbariyati tomonidan ushbu mukofot tantanali ravishda topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi kecha JCh-2026 saralashi doirasida safarda Qatarga qarshi bahs olib bordi va 3:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shu kuni terma jamoamizning ikkala goliga ham Abbosbek Fayzullaev mualliflik qildi.
Endi Srechko Katanets shogirdlari Laos poytaxtida 19 noyabr kuni KXDRga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar