
A Seriyaning eng yaxshi himoyachisi "Siti" taklifini rad etdi
"Milan" himoyachisi Teo Ernandes faoliyatini APLda davom ettirmoqchi emas.
"Calciomercato" nashrining yozishicha, futbolchi xizmatiga Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda. Ammo Teo "rossonerilar"ni tark etishni xohlamayapti.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Ernandes milanliklar bilan yangi bitim imzolaydi. Yangi shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan bo‘ladi.
Avvalroq, himoyachini PSJ ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekanligi haqida yozgandik.
Fikrlar