
A Seriya. "Roma" - "Latsio": Taxminiy tarkiblardan Shomurodov joy oldimi?
Bugun tunda Italiya A seriyaning 32-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Unda "Roma" va "Latsio" jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.
Mazkur o‘yin uchun "Sky Sports" nashri taxminiy tarkiblar e’lon qildi. Oxirgi turda rimliklar safida zaxiradan maydonga tushib, "Yuventus" darvozasini ishg‘ol qilgan Eldor Shomurodov bellashuvni zahiradan boshlashi ta[min qilindi.
Ma’lumot uchun, Eldor sobiq klubi "Jenoa" safida "burgutlar" darvozasini ishg‘ol qilishga muaffaq bo‘lgan. Afsuski, bellashuvda 4:3 hisobida genuyaliklar mag‘lub bo‘lishgan edi. Ikki klub o‘rtasida to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 start oladi.
Fikrlar