
Zidan Pepening o‘rniga zo‘r himoyachi topgan ekan
"Real"ning tajribali himoyachisi Pepe Xitoy chempionati vakilidan juda foydali taklif oldi va yozda Madriddan ketish ehtimoli yuqori. O‘z navbatida Zinedin Zidan bu futbolchi yo‘qligini bildirmaydigan futbolchi topib qo‘yganini ma’lum qildi.
"Real" Pepening o‘rniga "Ayntraxt" jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan 19 yoshli Xesus Valexoni olib keladigan bo‘ldi. Bu futbolchining ijara muddati 2017 yilning yozida tugaydi.
Yosh himoyachining o‘yinini yuqori baholagan "Ayntraxt" rahbarlari ijara muddatini uzaytirish bo‘yicha "Real"ga murojaat qilib, rad javobini oldi.
Fikrlar