
Yurgen Klopp: Lyovga nohaq tanqidlar bo‘lmoqda
"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Germaniya terma jamoasidagi hamkasbi Yoaxim Lyovga bo‘layotgan tanqidlar nohaqlik ekanligini aytdi.
“Tanqidchilar nohaq. OAVlar yozayotgan narsalar bu jinnilik. Buning ortidan murabbiy futbol nimaligini butun mamlakatga tushuntirishga majbur bo‘ldi. Hotirjam bo‘lish kerak. Germaniya terma jamoasi yana avvalgi darajasiga qaytishiga ishonaman”, - deydi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Germaniya terma jamoasi JCh-2018da muvaffaqiyatsizlikka uchragach, Lyov jiddiy tanqidlarga uchragan edi.
Fikrlar