
Xummmels: Umid qilamanki, "Bavariya" avgustning so‘nggiga qadar o‘z darajasiga chiqadi
Myunxenning “Bavariya” klubi himoyachisi Mats Xummels Germaniya Superkubogida “Borussiya Dortmund”ga qarshi bahsdan so‘ng o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi va mavsum oldidan jamoasining imkoniyatlarini chamalab o‘tdi.
“Birinchi bo‘limda goldan so‘ng biz juda yaxshi o‘yin namoyish etdik. Raqibning pressingidan yaxshi chiqib keta oldik. Ikkinchi bo‘limda biroz qiynaldik va bizda muammolar paydo bo‘la boshladi.
Biz maksimal darajada o‘yin ko‘rsatishimiz lozim. Bu bir o‘yin xolos. Bundesliga boshlanishiga yana ikki hafta bor. Mashg‘ulotlarda yaxshi ishlashimiz kerak. Umid qilamanki, avgust so‘nggida biz o‘zimiz istagan darajaga eta olamiz”, – deb aytib o‘tdi Xummels “Bavariya” rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Fikrlar