Xummels ham Mataning aktsiyasiga qo‘shildi

  • 17 avgust, 2017, 21:41
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bavariya” himoyachisi Mats Xummels MYu yarim himoyachisi Xuan Mata tashkil etgan aktsiyada ishtirok etishini e’lon qildi.

Tecno

Ilgariroq, “Manchester Yunayted” futbolchisi Xuan Mata o‘z maoshining 1 % ni butun jahon bo‘ylab futbolni rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilgan “Umumiy maqsad” fondiga o‘tkazishini e’lon qilgan edi. Ispaniyalik futbolchi shunday xayrli ishga qo‘shiladigan 11 nafar futbolchidan iborat terma tashkil etmoqchi edi.

“Men bu haqida eshitgan zahotim, tushundimki, futbol dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartira oladi va men bu loyixaning bir qismi bo‘lishga qaror qildim”, – deb aytib o‘tdi germaniyalik futbolchi.

Mata esa Matsni “jamoadagi eng ideal sherik” deb atadi.

“Men Xummels bilan shaxsan tanish emas edim. Shuning uchun, uning men e’lon qilgan aktsiyaga rozi bo‘lib, aloqaga chiqqanligi meni xayron qoldirdi”, – deb aytib o‘tdi Mata.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!