
Xedira faoliyatini APLda davom ettirmoqchi
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira yozda Angliya Premer-ligasi klublaridan biriga o‘tishi mumkin. U faqatgina Angliyada sovrin yutmaganligini aytib o‘tgan.
Avvalroq bu futbolchiga “Manchester Yunayted”, “Arsenal” va “Chelsi” klublari qiziqish bildirayotganligi ma’lum qilingan edi.
– Shartnomam yana bir yildan so‘ng yakuniga etadi, keyin kelajagim haqida o‘ylayman. Menga Turin yoqadi, ammo yangi chaqiruvlarni ham kutishni yaxshi ko‘raman, – deya Xediraning so‘zlarini keltiradi Bild nashri. – Men yana ko‘proq sovrinlar yutishni istayman. Kuchli chempionatlardan faqatgina Angliyada sovrin yutmaganman. Ispaniya, Germaniya va Italiyada ko‘p marta g‘olib chiqqanman.
– Premer-liga har doim ajoyib bo‘lgan. Bu erdagi har qanday titul kollektsiyamni boyitadi. Biroq kelajakda nima bo‘lishini aniq aytish qiyin.
Fikrlar