Xedira faoliyatidagi ilk xet-trigini "Yuventus"da kiritdi

  • 23 oktabr, 2017, 10:05
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira kecha bo‘lib o‘tgan “Udineze”ga (2:6) qarshi bahsda qo‘lga kiritilgan yirik g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Qayd etish lozimki, Germaniya terma jamoasi a’zosi shu kuni faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi.

Tecno

“Shunday qiyin bahsda g‘alaba qozonganimizdan xursandman. O‘tgan 2ta o‘yinda 5 ochko yo‘qotganimizdan so‘ng, bugun g‘alaba qozonishimiz shart edi.

Bu mening faoliyatimdagi ilk xet-trigim, ammo meni bundan ko‘ra jamoamning g‘alaba qozongani ko‘proq quvontirmoqda”, - deydi Xedira Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!