Xavining jamoadoshi bir o‘yinda 7 ta gol urdi (video)

  • 13 avgust, 2018, 11:28
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyalik mashhur yarim himoyachi Xavi to‘p suradigan "Al-Sadd" klubi o‘z maydonida "Al-Arabi"ni qabul qildi va 10:1 hisobidagi o‘ta yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Tecno

E’tiborlisi, "Al-Sadd" safidagi 10 ta gol faqat ikki kishining nomiga yozildi. Akrom Afif kechagi o‘yinda xet-trik qayd etgan bo‘lsa, jazoirlik hujumchi Bag‘dod Bunedja raqib darvozasiga oz emas, ko‘p emas 7 ta (!) to‘p kiritdi.

"Al-Sadd" kechagi g‘alabadan so‘ng o‘z ochkolari sonini 6 taga etkazib oldi va turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Bunedja hisobidagi gollar soni esa 10 taga etdi va to‘purarlar bahsida eng yaqin ta’qibchisini 6 ta golga ortda qoldirgan holda yakka peshqadamlik qilmoqda.

Quyida esa kechagi g‘aroyib o‘yinda kiritilgan gollarni tomosha qilish imkoniyatiga egasiz.

Izoh: Suratda Bunedja "Nasaf" futbolchilari bilan

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!