
"Vest Xem" o‘z safiga Kolumbiya terma jamoasi a’zosini qo‘shib oldi
"Fiorentina" klubi yarim himoyachisi Karlos Sanches faoliyatini "Vest Xem"da davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli kolumbiyalik futbolchi londonliklar bilan 2 yillik kelishuv imzolagan.
Ma’lumot uchun, Sanches “Fiorentina” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 52ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan. Kolumbiya terma jamoasi tarkibida esa 88ta o‘yinda ishtirok etgan.
Sanches faoliyati davomida "River Pleyt Montevideo", "Valansenn", "Elche" va "Aston Villa" kabi klublarda ham to‘p surgan.
Fikrlar