Van Persi: Angliyada muntazam haqorat va zo‘ravonlikka uchraganman

  • 13 yanvar, 2019, 19:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillar APLning grand klublarida to‘p surgan va ayni damda "Feyenoord" sharafini himoya qilayotgan hujumchi Robin van Persi Angliyadagi yoqimsiz xotiralari haqida gapirib o‘tdi.

Tecno

“Angliyada muntazam haqorat va zo‘ravonlikka uchraganman. Har doim safar o‘yinida o‘z mamlakatim sha’niga nisbatan xunuk so‘zlarni eshitardim. Umuman aytganda esa 11 yil davomida salbiy narsalarni his qilib kelganman.

O‘tgan yili Gollandiyaga qaytgach muxlislar raqib jamoa futbolchilarini qanday olqishlashlarini sezdim.

APLda o‘ynash – katta sharaf, ammo o‘sha paytlarda menga chindan ham qiyin bo‘lgan”, - deydi van Persi.

Eslatib o‘tamiz, van Persi o‘z vaqtida “Arsenal” va “Manchester Yunayted” klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!