
Valverde "Barselona"da qolmoqchi
"Barselona" klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde kataloniyaliklar safida qolishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, 54 yoshli ispaniyalik mutaxassisning “ko‘k-anor ranglilar” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakuniga qadar imzolangan. Ammo, “Barselona” Chempionlar ligasi va La Ligada g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, jamoa rahbariyati Valverde bilan shartnomani uzaytirishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Valverde “Barselona”ni 2017 yildan buyon boshqarib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida Ispaniya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar