"Uzbek Tigers" tarkibida "Patriot boxing team"ga qarshi yangi "yo‘lbarslar" jang qiladi

CHERY AUTO

 

Tecno
 

Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida "Uzbek Tigers" bokschilari so‘nggi uchrashuvini "Patriot boxing team" jamoasiga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.

"S" guruhida to‘qqiz ochko jamg‘arib, muddatidan oldin pley-offga yo‘llanma olgan "Uzbek Tigers" jamoasi murabbiylari oltinchi tur uchrashuvida zaxiradagi iste’dodli yosh bokschilarni sinovdan o‘tkazishga qaror qildi.

21 aprel kuni Perm shahrida bo‘ladigan uchrashuvga WSB turnirining joriy mavsumida umuman ringga chiqmagan to‘rt nafar bokschi va ishonchli g‘alabalari bilan muxlislar ishonchini oqlab kelayotgan Abrorjon Qodirovni jalb qilindi.

SPORTS.uz “Uzbek Tigers” va “Astana Arlans” jangidan jonli videotranslyatsiyani amalga oshirmoqda

Hasanboy Do‘smatov WSB musobaqasidagi 13-g‘alabasini qo‘lga kiritdi

“Uzbek Tigers" - “Astana Arlans” o‘rtasidagi superjang SPORTS.uz ob’ektivida

"Uzbek Tigers" murabbiylari "Astana Arlans"ga qarshi superjangga Hasanboy Do‘smatov boshchiligida eng kuchli tarkibni tushiradi

Bugun Hasanboy Do‘smatov jang qiladi

Engilmas jamoani yirik hisobda mag‘lub etgan “Uzbek Tigers” pley-off yo‘llanmasini naqd qildimi?

Guruh bellashuvlarining so‘nggi uchrashuvida quyidagi bokschilar "Uzbek Tigers" jamoasi sharafini himoya qiladi.

52 kilogramm

Abrorjon Qodirov - Vyacheslav Tashkarakov

60 kilogramm

Ulug‘bek Do‘smurodov - Konstantin Bogomazov

69 kilogramm

Odiljon Aslonov - Artyom Zaytsev

81 kilogramm

Madiyor Saidrahimov - Pavel Pilyagin

+91 kilogramm

Mirzobek Hasanov - Artyom Sutlenkov

Uchrashuvga oid qiziqarli ma’lumotlar, tafsilotlar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portalida kuzatib boring!

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!