
“Uzbek Tigers" bokschilarining jangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilinadi
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida ishtirok etayotgan “Uzbek Tigers” bokschilari “S” guruhidagi so‘nggi uchrashuvini bugun Rossiyaning Perm shahrida “Patriot boxing team” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Sport” teleradiokanalidan SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, WSB turniri doirasidagi "Patriot boxing team" - "Uzbek Tigers" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 dan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Fikrlar