
“Uzbek Tigers”: Kubaliklarga qarshi superbokschilar jang qiladi
Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida pley-offga chiqqan “Uzbek Tigers” bokschilari chorak finalda o‘ta kuchli raqib bilan kuch sinashadi.
13 may kuni O‘zbekiston bokschilari WSB turnirining amaldagi g‘olibi – Kubaning “Cuba Domadores” jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvni Samarqand shahrida o‘tkazadi.
SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum bщlishicha, “Uzbek Tigers” murabbiylari bu jangga Toshkent shahrida o‘tgan Osiyo chempionati qahramonlari - Hasanboy Do‘smatov, Murodjon Ahmadaliev, Iqbol Xoldorov, Isroil Madrimov va Sanjar Tursunovni tushiradi.
“Cuba Domadores” sharafini Oskar Argilagos Perez, Xaver Ibanes Diaz, Endi Kruz Gomes, Arlen Lopez Kardona, Erislandi Savon himoya qiladi.
Ushbu materialdan qisman yoki to‘liq foydalanganda SPORTS.uz axborot portalining nomi aniq ko‘rsatilishi hamda havola (link) berilishi shart!
Fikrlar