
Unai Emeri "Arsenal"ga "Napoli" xavbekini olib kelmoqchi
"Napoli" klubi yarim himoyachisi Pyotr Zelinski faoliyatini "Arsenal"da davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra "kanonirlar" ustozi Unai Emeri joriy mavsum so‘nggida shartnomasi yakunlanib jamoadan ketishi kutilayotgan uelslik xavbek Aaron Remzining o‘rniga aynan 24 yoshli polshalik futbolchini olib kelmoqchi.
Ma’lumot uchun, Zelinski “Napoli” safida shu kungacha jami 96ta o‘yinda maydonga tushgan va 15ta gol urishga erishgan.
Fikrlar