Tuxel ishsiz yurgan sobiq shogirdini PSJga olib kelmoqchi

  • 31 avgust, 2018, 13:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiyaning PSJ klubi kamerunlik yarim himoyachi Erik Maksim Shupo-Motingni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Bu haqda Le Parisien nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 29 yoshli erkin agent maqomidagi futbolchi ayni damda Frantsiyaga etib kelgan va tez orada parijliklar safida tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng tomonlar o‘zaro kelishuv imzolashlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Shupo-Moting o‘z vaqtida "Maynts"da Tomas Tuxel qo‘l ostida to‘p surgan. Tuxel esa ayni damda PSJ bosh murabbiyi hisoblanadi.

Tajribali futbolchi faoliyati davomida shuningdek  "Gamburg", "Shalke" va "Stok Siti" kabi jamoalarda ham o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!