
Tomash Berdix Rotterdamdagi yurishini davom ettiradi
Chexiyalik tennischi Tomash Berdix Gollandiyaning Rotterdam shahri o‘tayotgan musobaqaning ilk uchrashuvini g‘alaba bilan boshladi.
Tomash ushbu bosqichda frantsiyalik Jil Simonni dastlabki setda tay-brekda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, ikkinchi setni 6:4 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.
Endi "ABN AMRO World Tennis Tournament" musobaqasining ikkinchi davrasida Berdix kanadalik Denis Shapovalovga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar