Teves jamoasini yana Libertadores kubogi finaliga olib chiqmoqchi

  • 15 dekabr, 2018, 09:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Boka Xuniors" klubi forvardi Karlos Teves o‘zining kelajak faoliyati haqida qaror qabul qildi. Bu haqda TyC Sports xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra 34 yoshli argentinalik futbolchi “Boka” safida to‘p surishda davom etmoqchi. Bundan tashqari u jamoasining yana bir bor Libertadores kubogi finaliga chiqishiga qo‘lidan kelgancha yordam bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Tevesning “Boka Xuniors” bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilning 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi. Bundan avvalroq u ushbu kelishuv yakunlangach faoliyatini yakunlashi haqida ma’lum qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!