
Tachmurad Agamuradov: Qaerda ishlamay, o‘zimdan yaxshi nom qoldirishga harakat qilganman (2-qism)
SPORTS.uz internet-axborot portali o‘zbek futbolining eng omadli murabbiylaridan hisoblangan Tachmurat Agamuradov bilan uyushtirilgan suhbatning ikkinchi qismini e’tiboringizga havola etadi.
– Siz murabbiy sifatida 3 ta chempionatda faoliyat olib borgansiz. Ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farq nimada deb o‘ylaysiz?
– Turkmaniston chempionati darajasi boshqalarga qaraganda, biroz pastroq. Harqalay, u erda ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklar mavjud. Hammasi futbolchilarni tayyorgarlik darajasiga qarab bir joyga jamlashga bog‘liq. Bu jabhadan olib qaralganda, menga Turkmanistonda ishlash oson bo‘lgan, chunki men ishlayotgan klub terma jamoa uchun asosiy baza vazifasini o‘tab kelgan. Qozog‘istonda esa bir yil ishladim, shunday ekan ushbu chempionat borasida fikr bildirishim qiyinroq. Bu erda ko‘proq oddiy o‘yin namoyish etiladi, jismoniy tayyorgarlikka ko‘proq e’tibor qaratishadi, menga bunday o‘yin uslubi unchalik yoqmaydi. Men ko‘proq texnik futbol tarafdoriman, bunday usulda taktik jozibadorlik mavjud. Menga O‘zbekiston chempionati yoqadi.
– 2000 yilning fevral oyida “Milan” klubi bazasida malaka oshirib qaytdingiz. Aytingchi, o‘sha yillarda “Milan”da futbol qanday edi? Umuman, bu qanday sodir bo‘ldi?
– 2000 yilda men Moskvadagi murabbiylar oliy maktabida o‘qirdim. Bizga xalqaro klublarda tajriba orttirish kursini taklif etishdi, ular orasida “Milan” ham bor edi. Muammo shundaki, o‘sha vaqtda malaka oshirish o‘z shaxsiy mablag‘larimiz hisobiga amalga oshirilardi. Guruhimizdan ikki kishi men va yana bir moskvalik hamkasbim Moskvadan tashqariga chiqib ketdik. Buning uchun 6 modeldagi “Jiguli” rusumidagi avtomobilimni sotishimga to‘g‘ri keldi. Men uchun o‘zimning qanday murabbiyligim, qaysi bosqichda ekanligimni bilish juda muhim edi. Hozirda televizor, radio, internet va boshqa vositalar orqali istalgan chempionat, mashg‘ulot to‘g‘risida ma’lumot olish juda oson. U vaqtlarda esa bu imkoniyat biroz cheklangan edi. Men hammasini o‘z ko‘zim bilan ko‘rishni istagandim va o‘zim uchun ko‘p narsa oldim. Evropada o‘sha vaqtda chiziqlarda o‘ynash, hududli tizim tajribasi qo‘llanilayotgan edi. Men ham ushbu tizim tarafdorlaridan biriga aylandim. Men bu tizimni o‘z tajribamda qo‘llashim uchun u haqda ko‘proq bilib olishim zarur edi. O‘sha vaqtda shuni tushundimki, Turkmaniston va O‘zbekistonda bu tizim hali tajribada qo‘llanilmagan edi. O‘sha vaqtlarda “Milan”da Maldini, Kostakurta, Leonardo kabilar to‘p surishardi. Jamlangan tarkib shu darajada ediki, uni kuzatishning o‘zi qiziq edi. Harqalay 1998 yilda Frantsiyada o‘tgan jahon chempionatini kuzatgandim va menda Evropa futboli borasida ma’lum tasavvur shakllangan edi. O‘zbekistonga kelganimdan so‘ng, men bu erda ham shu tizimni qo‘llay boshladim. Boshida juda qiyin bo‘lgandi, sababi, futbolchilarda muhit boshqacha edi. Bu esa nafaqat himoya chizig‘ini qayta tashkil etish balki, darvozabondan tortib, to hujumchilargacha barchasini qayta qurish lozimligini anglatardi. Men bu erda ushbu tizimni qo‘llay boshlagan vaqtimda shu tomondan omadim chopdiki, bu erdagi futbolchilarning yoshi o‘rtacha 22,5 yoshni tashkil etardi, ya’ni tarkib yosh edi. Yosh futbolchilar esa buni tezda o‘zlashtirib olishdi. Ular har bir mashqni so‘zsiz bajarishga harakat qilishiardi, albatta bu orada mendan o‘pkalaganlar ham bo‘lgandi. Shuningdek, bu jarayon juda qiyin kechgandi. Orada juda ko‘p nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishimizga to‘g‘ri kelgandi. Yana bir tomondan omadim kelgani shu ediki, futbolchilarning barchasi, iqtidorli edi, hozir esa... Hatto hozir ham ular shunday o‘yin namoyish etishmoqda.
– Yana “Milan” haqida. U erda mashg‘ulotlar qanday edi. U erda murabbiylar shtabi sizga ko‘rsatib berisharmidi yoki qandaydir o‘quv mashg‘ulotlari tashkillashtirilarmidi?
– Shuni aytaman, hech kim hech narsa ko‘rsatmagan va hech qachon ko‘rsatmaydi ham. Biz Alberto Zakkeroni bilan tarjimon orqali suhbatlashganmiz, biroq bizni alohida o‘qtishardi – bunaqasi bo‘lmagan. Biz “Milanello ” – “Milan” bazasiga qarshiliksiz kirib chiqardik. Biz klub bazasidan 55 km uzoqlikdagi Milan shahrida yashardik. Chunki bazada yashashshimiz mumkin emasdi. Ertalab bazaga kelardik va kun oxiriga qadar shu erda bo‘lardik. O‘sha vaqtlarda Shevchenko endigina Milanga kelgandi va bi u bilan juda ko‘p suhbatlashganmiz. Harqalay u italyan tilida yaxshi gapirolmasdi, u menga nimalar haqidadir gapirib berardi. Nimalarnidir tahlil qilishimga ham to‘g‘ri kelgan. Bu men uchun juda katta tajrib maktabi bo‘lgandi va men sotilgan mashinam uchun biror marotaba afsus chekmaganman.
– O‘zbek futbolchilari orasida siz yaxshi ko‘rgan o‘yinchi bormi?
– Ular ko‘p, har davrda har xil futbolchilar. Ulardan kimnidir alohida ajratib ko‘rsatishni istamayman. Faqat bir narsani ayta olmanki, O‘zbekistonda qaysi futbolchi bilan ishlamay, o‘rtada har doim yaxshi munosabat saqlanib qolgan.Men ulardan hurmat ko‘rdim va buning uchun jkda minnatdorman.
– Jizzaki, og‘ir xarakterli o‘yinchilarga munosabatingiz qanday?
– Har qanday qiyin futbolchi bo‘lmasin, ularga doimo alohida yondashuv talab etiladi. Agar sen uning ko‘nglini topa olsang, u buni maydonda bir necha marta ko‘proq qilib qaytarib beradi.
– Qiyin xarakterli futbolchilarni sanab bera olasizmi?
– Yo‘q, sanay olmayman. Ammo, shunday futbolchilar bo‘lgan. Menda har doim barcha futbolchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatilgan.
– Gochkuli Gochkuliev haqida so‘ramasligimning imkoni yo‘q. Intervyuga tayyorlanish jarayonida shu narsa e’tiborimni tortdiki, “Kopetdog‘”da ham, “Paxtakor” va “Qayrat” klublarida ham Gochkuliev sizning boshqaruvingizdagi jamoa tarkibida harakat qilgan. Bu uning sizning uslubingizdagi futbolchi ekanligidanmi yoki shunchaki tasodif?..
– Turkmanistonda uni “Kopetdog‘” tarkiibiga qo‘shib olganimizda u hali yosh edi va terma jamoa talablariga javob berardi. Uni “Paxtakor”ga taklif etish esa mening tashabbusim bilan amalga oshgandi, chunki u vaqtda men chiziqlarda qanday o‘ynash lozimligini tushunib bo‘lgandim. Men jamoada himoyaviy o‘yin namoyish etayotgandim va u mening rejalarimga yaxshi moslashgandi. Shuningdek, himoyada Gochkuliev –Ashurmatov juftligi O‘zbekiston chempionatining eng kuchli juftligiga aylandi. Gochkuliev mulohazali, Ashurmatov esa jangchi edi. Ular bir-birini to‘ldirib turishardi. 2005 yilda “Krilya Sovetov” klubi prezidenti men bilan aloqaga chiqdi va meni jamoaga taklif etdi. “Paxtakor” rahbariyati esa buni to‘g‘ri tushundi. U vaqtda Gadji Gadjiev hali jamoada faoliyat yuritardi. Men bir necha oy Samarada bo‘ldim, meni tayinlashmoqchi bo‘lgan vaqtda esa taklifni rad etidim. Bunday qilish mumkin emasdi. Agar bo‘sh o‘ringa kelib joylashsang boshqa gap, kimdir ishlab turgan o‘rinni egallash esa umuman boshqa va men rad javobini berdim. Keyin “Qayrat” ajmaoasidan taklif kelib tushdi. U erga Gochkulievning taklif etilishi esa mening tashabbusim emas edi. Bu klublarning o‘zaro kelishuvidan kelib chiqqandi.
– “Krilya Sovetov”dan tashqari Rossiyadan boshqa takliflar ham bo‘lganmi?
– Yo‘q, Rossiyadan boshqa taklif bo‘lmadi. Lekin Osiyoning Eron, Xitoy va Vetnam kabi mamlakatlaridan takliflar bo‘lgandi.
– Demak, Osiyoni o‘zingiz istamagansiz.
– Yo‘q, men uy odamiman. Men O‘zbekistonga ham kelmagan bo‘lardim, biroq Turkmaniston futbolida inqiroz yuzaga keldi va men uchun o‘z dunyoqarashimga yaqin va uyimdan unchalik uzoq bo‘lmagan joyda ishlish qiziq tuyuldi. Shunday ekan mening vatanim ikkita. Aytishim mumkinki, men baxtli odamman.
– Savolim terma jamoa haqida. Biz nima uchun hamon Jahon chempionatiga chiqa olmayapmiz?
– Bizni har doim Jahon chempionatidan bir qadam ajratib turadi. Yigitlar har doim mundialga chiqishga loyiq o‘yin namoyish etishadi. 2002 yilda O‘zbekistonga kelganimda juda kam o‘yinchilar chet el klublarida to‘p surishardi. Hozir esa ularning ko‘pchiligi xorijda jiddiy jamoalarda to‘p surishmoqda va ularda tajriba etarli. Imkoniyat bor deyish qiyin. Eron bilan o‘tkazilgan o‘yinda yigitlar nimanidir yo‘qtoib qo‘ygandek ko‘rinishdi. Ularning ko‘zlarida g‘alaba uchquni porlamadi. Jamoa hujumsiz o‘yin namoyish etdi. Toshkentda eronliklar ham, futbolchilarimiz ham yomon o‘yin ko‘rsatishmagandi. Taktik tomondan forslar Evropa darajasida o‘yin namoyish etishgandi. Tehronda esa Eron ham yomon o‘yin ko‘rsatdi, ular oddiy harakatlarni amalga oshirishdi. Ko‘rinishidan eronliklar g‘am kuyib qolishgandi, chunki bu hal qiluvchi o‘yin edi. Ular shunchaki to‘p nazoartini barbod qilish uchun harakat qilishdi, biroq biznikilar, umuman hujumsiz o‘yin namoyish etishdi.
– Sizda kelajakda qaysidir terma jamoani boshqarib, Jahon chempionatiga olib chiqish rejasi bormi?
– Rejalarimda “Barselona”da ishlash ham bor (kuladi). Bu menga bog‘liq emas. Men har qanday taklifni ko‘rib chiqishga tayyorman, shartnomaning moddiy tomonlari men uchun muhim emas. Meni bir yillik emas, ko‘p yillik istiqbolli ishlar qiziqtiradi. Asosiysi, bu taklif o‘sha erda sifatli ishlashga va natija ko‘rsatish uchun arzirli bo‘lishi lozim. Men uchun muhimi meni yaxshi so‘zlar bilan eslashsin.
– Qaysi murabbiylik maktabi sizga ko‘proq yaqin?
–Menga ispan futboli ko‘proq yoqadi, men “Barselona” klubi muxlisiman. Ushbu jamoaning hech bir o‘yinini o‘tkazib yubormaslikka harakat qilaman. Hatto ingliz futboli ham ispanlar hisobiga etakchilikni qo‘lga kiritgan. Men faqatgina klublar futboli emas, balki terma jamoa miqyosida ham bu gapni tasdiqlashim mumkin. Chunki Angliya chempionatida ishtirok etuvchi klublar asosan, legionerlarga tayanishadi.
– Biroq, chempion murabbiylarning ko‘pchiligi italyanlar hisoblanishadi: Konte, Anchelotti, Allegri?..
–Italyan maktabi har doim kuchli bo‘lib kelgan va ular o‘zlarning himoyaviy taktikasi bilan ajralib turishadi. Aynan Arrigo Sakki 4-4-2 tizimini etuklik darajasigacha olib chiqdi. Himoyaviy o‘yinda intizom eng muhim jihat hisoblanadi, unda har bir vaziyat alohida mas’uliyatni talab etadi. Masalan, Qurbon Berdievni olaylik, u nimaning hisobiga g‘alaba qozonmoqda? Chunki uning qo‘l ostidagi futbolchilar o‘z vazifalarini ado etish uchun maydonda borlarini berib harakat qilishadi.
– Hamyurtiningiz haqida gap ochdingiz, siz u bilan tanishmisiz?
– Qanday tanish? Birinchidan, biz u bilan bir yilda orada bir haftalik farq bilan tug‘ilganmiz. Biz u bilan bir institutda, bir guruhda o‘qiganmiz. Keyinchalik u birinchi kursdan so‘ng “Qayrat” safida to‘p surdi. U yaxshi futbolchi edi. Shunda ham siz bizni qanday qilib tanish hisoblashingiz mumkin (kuladi). Mana u butun dunyoga yuqori darajadagi mutaxassis ekanligini isbotladi.
– Ko‘pchilik bizning futbolimizning ko‘proq texnikaga moyil deb hisoblashadi, biroq jismoniy tomondan Osiyoning top-jamoalaridan ortda qolamiz, bu holatni futbolchilarning o‘zlari ham tan olishadi. Buning sababi nima bilan bog‘liq?
– Jismoniy holat bu – hosil bo‘lgan yoki hosil qilinadigan holat. Albatta, hamma ish o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va farmokologiyada. Biroq, avvalo, hammasi futbolchining o‘ziga bog‘liq. Uning xohiisiz hammasi behuda. Ishlagan vaqtlarimda mashg‘ulot paytlarida o‘yinchilar kelishardi va aytishardi: “ Shamakovich, bizga ortiqcha bir kun dam bera olasizmi, biz maydonga tushib, mana shu jamoani mag‘lub etamiz, faqat, bir kun!” Biz juda ko‘p ishlarni amalga oshirdik va ishonamanki, barchasini to‘g‘ri qildik. Shu sabab ham futbolimizda Jeparov, Kapadze, Bikmaev, Nesterov kabi uzoq yillardan buyon maydonga tushib kelayotgan futbolchilar bor. Ular chin yurakdan harakat qilishardi va yoshiga qaramay, hozirga qadar terma jamoaga chaqirib kelinmoqda. Bu ham nimanidir anglatadi, demak, baza to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan. Agar biz jismoniy tomondan oqsayotgan ekanmiz, qaerdadir xatolikka yo‘l qo‘yilmoqda, yoki futbolchilarning o‘zlari etarli darajada mehnat qilishmayapti. “Milan”da (umuman, Evropaning istalgan klubida) umumjismoniy tayyorgarlikka javob beruvchi murabbiylar ishlashadi. Har bir futbolchi uchun uning jamao bilan olib borgan mashg‘ulotlaridan tashqari, ma’lum darajada yugurishi lozimligi belgilab qo‘yilgan. Professional futbolchi ham o‘z ishini faqat pul uchun qilmayotganligini anglab etishi lozim. Natijada esa keyinchalik uning xizmatlarini munosib tarzda bahoshlashadi. Shug‘ullanmagan futbolchida esa o‘yinda jarohat olish holati yuqori bo‘ladi.
– Jarohat borasida, o‘tgan mavsum yakunlanganidan so‘ng Artyom Filiposyan va Kamoliddin Murzoevlar o‘z intervyularida jarohat olganlaridan so‘ng, “Buxoro” mutasaddilaridan hech kim hech qanday yordam ko‘rsatmaganliklarini qayd etishgandi. Bu haqda nima deya olasiz?
–Bir narsani aytaman, bu gapirganlarning o‘z vijdonlarigat havola. Murzoev borasida: u jamoaga avvalroq aytganimdek, tayyor bo‘lmagan holatda etib keldi. Uning jismoniy holati jarohatga olib keldi. U o‘sha jargohatini o‘yin vaqtida orttirib oldi. Shifokorimiz u bilan shaxsan shug‘ullandi, qo‘lidan nima kelsa, barchasini qildi. Men ham undan futbolchi o‘zini qanday his qilayotganligini har kuni so‘rab turdim. U shifokor orqali muntazam nazoratim ostida edi. Yana nima qilishim kerak edi? Jamoaga shifokor nima uchun kerak? Men uni davolab, qoshiqlab ovqatlantira olmaymanku. Shunday ekan barchasi o‘zining vijdoniga havola. Filiposyan birinchi davrada to‘p surdi. Keyin oyog‘ida qandaydir og‘riqlar paydo bo‘ldi. Men unga agar oyog‘i og‘riyotgan bo‘lsa, o‘ynamasligini, davolash kursini amalga oshirishi lozimligini aytdim. Mehmonda o‘tkaziladigan o‘yin oldidan u oyog‘idagi og‘riq haqida gapirib qoldi. MRT qildirdik va doktor hammasi joyida ekanligini va maydonga tushishi mumkinligini aytdi. Men unga mavsum yakuniga qadar o‘ynashni taklif qildim, unga qadar 2 oy vaqt qolgandi, oldinda turgan bahslarning barchasi muhim edi va keyin operatsiya qilish mumkin edi. U esa mavsum yakunini kutmasdan, nemis uslubi asosida operatsiya stoliga yotdi. Agar yakuniy qarorni bir o‘zi qabul qilgan ekan, men nima qilishim mumkin? Mayli, har kimning aytgan so‘zlari o‘z vijdoniga havola.
– Siz avvaldan “Paxtakor” klubida Samvel Babayan bilan birga ishlagansiz. Uning “Paxtakor” va terma jamoadagi faoliyati haqida nima deya olasiz?
– U “Paxtakor”da direktor sifatida ko‘p ishladi. Unga o‘z ishiga yarashasini berish lozim. U murabbiylik uchun juda ko‘p o‘qidi. Terma jamoaga tayinlanishi esa, federatsiyaning qarori. Uni muhokama qilish esa mening ishim emas.
– Siz PRO litsenziyasini Kievda qo‘lga kiritganmisiz?
– Ha,mutasaddilar xorijlik mutaxassislarda shu litsenziyani talab qilishgach, men ham boshqalar qatori O‘zbekistonni o‘z vatanim deb bilsamda, harqalay o‘qishimga to‘g‘ri keldi.
– Siz bo‘m-bo‘sh va muxlislar bilan to‘lgan stadionlarda nimani his qilasiz?
– O‘tgan mavsumda “Buxoro” eng ko‘p muxlislarga ega bo‘lgan jamoa bo‘lgandi. Harqalay, muxlislarni aldab bo‘lmaydi. Ular maydonga kelishmayaptimi, nimadir xato ketmoqda. Demak, “Buxoro”da hammasi to‘g‘ri ketayotgan edi, stadion ham muxlislar bilan to‘lgandi. Axir biz ular uchun o‘ynaymiz.
– O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida Vadim Chemirtan qanday qilib jamoaga qo‘shildi. Siz uni qaerdan topgandingiz?
– Birinchi davrada men hujumchilarimizga bosh bilan zarba berish etishmayotgandi. Vaziyatlarni Yaratamiz, biroq uni golga aylantira olmaymiz. Shunda biz yangi futbolchi qidiri boshlvdik, agentlar bilan aloqaga kirishdik va statistik ma’lumotlarni tahlil qilgan holda, futbolchini tanlab oldik. U esa keldiyu gol ura boshladi. Ammo, biz uni ushlab qola olmadik, bizda shunchaki buning imkoni yo‘q edi.
– O‘tgan mavsumda “Buxoro” klubiga Shavkat Salomov sadorlik qilgandi. U haqiqatan, etakchimidi?
– Men Salomovni maqtashim lozim. Chunki, u o‘z ishining haqiqiy ustasi. Futbolga jamoaga ishqibozlik qiladi. Shunday ekan, bekorga aynan unga sardorlik bog‘ichi topshirilmagan edi. U “Buxoro”ning muhim bo‘lagi edi. Shuningdek, Qozog‘istonda ham yo‘qolib qolmadi va qolmaydi ham.
Mazmunli suhbatingiz uchun tashakkur!
Fikrlar