
Suzish: Osiyo o‘yinlari finallarida 3 ta rekord yangilandi
Osiyo o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda. Bugun o‘tkazilgan suzish bo‘yicha bahslarda Osiyo o‘yinlarining 3 ta rekordi yangilandi.
Xususan, brass usulida 50 metarga suzish bo‘yicha bahslarda yaponiyalik Satomi Suzuki marraga 30,83 soniyada etib kelib o‘zining 31,02 soniyalik rekordini yangiladi.
Shuningdek, 800 metrga erkin usulda suzish bahslarida qatnashgan xitoylik Vang Jian Jiaxe marraga 8 daqiqa 8,55 soniyada etib kelib, hamyurti Li Xuan Xu tomonidan 2010 yilgi Osiyo o‘yinlarida o‘rnatilgan 8 daqiqa 23,55 soniyalik natijani yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
Bundan tashqari yangilangan uchinchi rekord suzish bo‘yicha 4x100 estafeta bahslarida Yaponiya terma jamoasi tomonidan qayd etildi. Natsumi Sakai, Satomi Suzuki, Rikako Iki va Tomomi Aokilardan iborat jamoa yakunda 3 daqiqa 54,73 soniyalik natijani qayd etgan holda, 2010 yilda Guanjouda o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida xitoyliklar tomonidan o‘rnatilgan 3 daqiqa 57,80 soniyalik natijani yo‘qqa chiqarishdi.
Fikrlar