So‘nggi kunda ham taekvondodan medal olamiz

CHERY AUTO

Osiyo o‘yinlarining bugungi kun bellashuvlari terma jamoamiz uchun yuqori kayfiyatda davom etmoqda. Bugun vakillarimiz taekvondo bellashuvlarini ham medal bilan yakunlaydigan bo‘ldik. 

Tecno

Ayollar o‘rtasida -49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimiz Madina Mannopova yarim final yo‘lanmasini qo‘lga kiritdi. Vakilamiz ilk bosqichda Gong Kong, keyingi davrada Livan terma jamoasi vakillarini mag‘lub etib, final uchun jang qiladigan bo‘ldi. Ushbu sport turi qoidalariga ko‘ra, yarim finalda mag‘lub bo‘lgan sportchi bronza medaliga sazovor bo‘ladi. Shunday ekan, bizda kamida bronza medali bor. 

Umid qilamizki, vakilarimiz musobaqani chempionlik bilan yakunlaydi. Uning final ostonasidagi raqibi yaponiyalik Miyu Yamada bo‘ladi. Afsuski, -68 kilogramm vazn toifasida jang qilgan Hojiakbar Zokirov chorak final uchun kechgan bahsda eronlik raqibiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!