Shvetsiyalik xokkeychi "pingvinlarni" tor-mor qildi

CHERY AUTO

Bugun okean ortida Milliy xokkey ligasining navbatdagi kun bellashuvlari o‘tkazildi. Bugun bo‘lib o‘tgan bahslarning aksariyatida jamoalar bullitlar bo‘yicha g‘alaba qozonishdi. Bu esa qanchalik qiziqarli o‘yinlar o‘tganidan dalolat bermoqda. Jumladan, "Reynjers" hamda "Pittsburg" jamoalari o‘rtasidagi bahs maydon egalarining 4:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Reynjers" 2:3 hisobida mag‘lub bo‘layotgan mahal shvetsiyalik hujumchi Mika Zibanejad hisobni tenglashtiruvchi shaybani kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Oveytaymda yana o‘sha forvard katta sahnaga chiqib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Shu va boshqa uchrashuvlar tafsiloti:

Tecno

"Reynjers" – "Pittsburg" – 4:3 (0:0, 0:2, 3:1)

"Toronto" – "Dallas" – 6:5 (2:2, 0:2, 3:1)

"Vegas" – "Nyu-Jersi" – 3:8 (0:2, 2:2, 1:4)

"Edmonton" – "San-Xose" – 3:4 (1:1, 1:1, 1:1)

"Anaxaym" – "Vankuver" – 3:0 (1:0, 1:0, 1:0)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!