"Sevilya" o‘z safiga "Barselona" tarbiyalanuvchisini qo‘shib olishi mumkin

  • 24 iyul, 2018, 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Selta" klubi himoyachisi Serxi Gomes faoliyatini "Sevilya"da davom ettirishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.

Tecno

Biroq, hozircha ushbu transfer haqida to‘liq ma’lumotlar oshkor etilmayapti. Ma’lumotlarga ko‘ra Gomes andalusiyaliklar safida yaqindagina “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Kleman Langlening o‘rnini egallaydi.

Ta’kidlash kerakki, 26 yoshli Gomesning o‘zi ham asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ammo, u kataloniyaliklarning asosiy jamoasi safida bor yo‘g‘i 1ta o‘yinda ishtirok etgan holos.

Ma’lumot uchun, Gomes o‘tgan mavsum “Selta” safida jami 35ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!