
Sabina Sharipova uchun "Australian Open" muvaffaqiyatli boshlandi
Sabina saralash bosqichining birinchi davrasida mezbonlar vakili Aleksandra Bojovichni 6:4, 6:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Sabina Sharipova Avstraliya Ochiq chempionatinining saralash bahslarini muvaffaqiyatli boshladi.
Endi Sabina Sharipova ikkinchi davrada chexiyalik Anastasiya Zaritskaya va italiyalik Martina Trevisanga uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar