
SPORTS.uz “Uzbek Tigers” va “Astana Arlans” jangidan jonli videotranslyatsiyani amalga oshirmoqda
Ayni damda Toshkentdagi “O‘zbekiston” sport majmuasi Butunjahon boks seriyalari VII mavsum guruh bosqichi navbatdagi janglariga mezbonlik qilmoqda.
Mazkur bellashuvlarda musobaqaning “S” guruhida bahs olib borayotgan jamoalar “Uzbek Tigers” va “Astana Arlans” bokschilari kuch sinashadi.
SPORTS.uz internet-axborot portali ushbu jangdan matnli onlayn translyatsiya bilan birgalikda O‘zbekiston tarixida birinchi marotaba video translyatsiyani ham olib bormoqda . Biz bilan hamyurtlarimizni jonli tarzda qo‘llab-quvvatlang!
Fikrlar