Rustam Assakalov terma jamoamiz hisobiga yana bir kumush medalni taqdim qildi

CHERY AUTO

Jakartada davom etayotgan Osiyo o‘yinlarida navbatdagi medalimiz qo‘lga kiritildi. Yunon-rim kurashi bo‘yicha terma jamoamiz sharafini himoya qilgan vakilimiz Rustam Assakalov kumush medalga ega chiqdi. 

Tecno

-87 kilogramm vazn toifasida bahs olib borgan yurtdoshimi hal qiluvchi bahsda eronlik jiddiy raqib Husayn Nuriga qarshi bahs olib bordi. Murosasiz kechgan bellashuv yakunda 6:1 hisobida yakun topdi. 

Yana birozdan so‘ng vazni 130 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar bahsida Mo‘minjon Abdullaev hal qiluvchi bellashuvni qozog‘istonlik Nurmaxan Tinaliev bilan kurashadi. Ayni paytda delegatsiyamizning hisobidagi medallar 2ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronzaga etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!