
Rossiya kubogida o‘zbek derbisi bo‘lishi mumkin edi, agar...
Yana bir necha daqiqalardan so‘ng Moskvadagi “Spartak” stadionida Rossiya kubogining 1/16 final bosqichidan o‘rin olgan “Tombov” hamda “Krilya Sovetov” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv boshlanadi.
Biroq, samaraliklar safida harakat qilayotgan hamyurtimiz Vitaliy Denisov bugungi bahsda ishtirok etmaydi. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda o‘zbekistonlik futbolchining kichik jarohati mavjud.
Eslatib o‘tamiz, "Tambov" safidagi yana bir hamyurtimiz Vagiz Galiulin esa mavsum boshidayoq jiddiy jarohat olgan va uzoq muddatga safdan chiqqan edi.
Agar yuqorida tilga olingan futbolchilarimiz safda bo‘lishganida balkim bugun biz Moskvada o‘zbek derbisini guvohi bo‘lishimiz ham mumkin edi.
Fikrlar