
Ronalduning "Yuventus"dagi debyut o‘yinini qancha odam tomosha qilgani ma’lum bo‘ldi
Ommaviy axborot vositalari Krishtianu Ronalduning "Yuventus"dagi debyut o‘yinini qancha tomoshabin kuzatib borganini aniqlashdi.
Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 33 yoshli portugaliyalik futbolchining “keksa sinora”dagi ilk uchrashuvini jami 2 million 330 ming 234 nafar muxlis kuzatgan. Aytish lozimki, bu A Seriya tarixidagi 4-ko‘rsatgich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, o‘sha uchrashuvda “Yuventus” “Kevo” ustidan 3:2 hisobida irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Ronaldu esa o‘sha kuni maydonni golsiz tark etdi.
Fikrlar