Ronaldu: "Real"dan ketishga qaror qilish qiyin bo‘lmadi

  • 24 avgust, 2018, 04:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Real"da o‘tkazgan faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 33 yoshli portugaliyalik futbolchi bu yozda ispan klubidan Italiya jamoasiga 117 million evro evaziga o‘tgan edi.

Tecno

Bu qarorni kelish qiyin bo‘lmadi, – deydi Ronaldu DAZN nashriga bergan intervyusida. – Madridda o‘tgan damlar juda ajoyib edi. Men barchasini yutib bo‘ldim. Oilam ham o‘sha erda yashadi, ammo hayotimning bu qismi o‘tmishda qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu "Real" safida 2009-2018 yillarda to‘p surdi. Bu vaqt ichida 438 o‘yinda 450 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, hujumchi 15 sovrin (shulardan 4 tasi EChL bosh sovrini)ni qo‘lga kiritdi.

Portugaliyalik turinliklar safida debyut o‘yinini 18 avgust kuni Italiya chempionati 1-tur doirasida "Kevo"ga (3:2) qarshi o‘tkazdi. Bu o‘yinda u gol ura olmadi, biroq raqib darvozaboni Stefano Sorrentinoga jarohat etkazdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!