"River Pleyt" - 2018 yilgi Libertadores kubogi sohibi

  • 10 dekabr, 2018, 03:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Madriddagi “Santyago Bernabeu” stadionida “River Pleyt” hamda “Boka Xuniors” jamoalari o‘rtasidagi Libertadores kubogi final bahsi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Dramatik kechgan uchrashuvning asosiy bo‘limi 1:1 hisobida yakunlangach, g‘olib nomi qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlandi. Unda "River" futbolchilari "Boka" darvozasini 2 bor ishg‘ol etib, yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozondi va bosh sovringa ega chiqdi.

"River Pleyt" – "Boka Xuniors" 3:1 (0:1)

Gollar: Benedetto, 44 - 0:1, Pratto, 68 - 1:1, Kintero, 109 - 2:1, Martines, 120+2 - 3:1.

"River Pleyt": Armani, Maydana, Kasko, Montiel (Mayyada, 74), Pinola, Peres, Ponsio (Kintero, 58), Palasios (Alvares, 97), Fernandes (Sukulini, 111), Martines, Pratto.

"Boka Xuniors": Andrada, Magalyan, Iskerdos, Olasa, Buffarini (Teves, 111), Nandes, Barrios, Peres (Gago, 89), Pavon, Vilya (Xara, 96), Benedetto (Abila, 62).

Chetlatish: Barrios (92).

Dastlabki o‘yin - 2:2

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!