
“Real” yanvarda himoyachisini ortga qaytaradi
Madridning “Real” klubi qishki transferlar mavsumida himoya chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirgan, deya xabar beradi Marca nashri.
“Qirollik klubi”ning asosiy “nishoni” “Espanol” himoyachisi Mario Ermoso bo‘lib turibdi. O‘yinchi bu mavsum ajoyib o‘yinlari bilan e’tiborga tushgan va Ispaniya terma jamoasining tez orada Bosniya va Gertsegovina hamda Xorvatiyaga qarshi o‘yinlari uchun qaydnomadan o‘rin olgna.
Ermoso “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Espanol”ga 2017 yil yozida o‘tgan edi. “Qaymoqranglilar” uni yanvarda 7,5 mln evroga xarid qilishi mumkin.
Fikrlar