
"Real" muxlislari Ronalduning o‘rnida qaysi futbolchini ko‘rishmoqchi?
Madridning "Real" klubi muxlislari o‘z jamoalarida "Tottenxem" forvardi Xarri Keynni ko‘rishni istashmoqda. Ularning fikricha aynan 24 yoshli angliyalik futbolchi yaqinda "Yuventus"ga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronalduning o‘rnini bosishi mumkin.
Bu borada o‘tkazilgan maxsus so‘rovnomada ishtirok etgan 200 mingdan ortiq ishqibozning 26 foizi aynan Keynga ovoz berishgan. Undan keyingi o‘rinlarni esa Edinson Kavani (14%) va Mauro Ikardilar (14%) egallashgan.
Ta’kidlash kerakki, ushbu so‘rovnomaga Neymar va Kilian Mbappe kabi futbolchilar kiritilmagan. Agar ular ushbu so‘rovnomada ishtirok etishganida, shubhasiz natida boshqacha ko‘rinish olar edi.
Fikrlar