"Real" ham A Seriya to‘purari uchun kurashga qo‘shildi

  • 18 oktabr, 2018, 12:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Endi "Real"Madrid ham "Jenoa" forvardi Kshishtof Pentek uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda El Chiringuito nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra “qirollik klubi” A Seriyaning joriy mavsumdagi hozircha eng yaxshi to‘purari bo‘lib turgan 23 yoshli polshalik futbolchini yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar chog‘idayoq o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Pentek uchu shuningdek “Barselona” ham jiddiy kurash olib bormoqda. Genuyaliklar esa uning transfer narxini 60 mln evroga baholashmoqda.

Ma’lumot uchun, Kshishtof Pentek joriy mavsum “Jenoa” safida jami 8ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 13ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!