
"Real" Markos Alonsoning transferini cho‘zib o‘tirmoqchi emas
Madridning "Real" klubi rahbariyati joriy transfer derazasi yopilguniga qadar "Chelsi" himoyachisi Markos Alonsoni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
Football Espana nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 27 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga shaxsan “qirollik klubi” bosh murabbiyi Xulen Lopetegi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Alonsoning transferi esa “Real”ga 60 million evroga tushishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Alonso joriy mavsum “Chelsi” safida jami 4ta uchrashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar