
Rakitichga kutilmagan ikki xaridor paydo bo‘ldi
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitichga yana 2ta kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi. Bu haqda El Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Unga ko‘ra 30 yoshli xorvatiyalik futbolchi uchun kurashga PSJ va "Monako" klublari ham qo‘shilishgan. Unga monakoliklar Kilian Mbappe va Toma Lemar kabi etakchi futbolchilarining transferidan tushgan mablag‘ evaziga Rakitichning shartnomasida ko‘rsatilgan 125 million evro tovon pulini bemalol to‘lashlari mumkinligi aytilmoqda.
Biroq, futbolchi ham, klub ham o‘zaro hamkorlikni davom ettirish istagini bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rakitichga “Bavariya” hamda “Manchester Yunayted” kabi jamoalar jiddiy qiziqish bildira boshlagani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar