
Rakitich PSJning taklifini rad etdi, u "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi
Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Rakitich “Barselona”da to‘p surishda davom etadi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli futbolchi PSJdan bo‘lgan jiddiy taklifga rad javobini bergan va kataloniyaliklar safida qolishga qaror qilgan. O‘z navbatida “Barselona” rahbariyati ham u bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Aytish lozimki, Ivanning amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan va unga ko‘ra uning tovon puli 125 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq PSJ Rakitich uchun “ko‘k-anor ranglilar”ga 100 million evro taklif qilishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar