Qozog‘iston. Nagaev zaxiradan tushib jamoasiga g‘alaba keltirdi (video)

  • 23 iyun, 2018, 22:04
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Qozog‘iston Premer-ligasida 15-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Ivan Nagaev to‘p tepadigan “Ordabasi” jamoasi o‘z maydonida “Oqjayiq” jamoasini qabul qildi.

Tecno

Uchrashuvning 39-daqiqasida mehmonlar hisobni ochishgan edi. Birinchi bo‘lim so‘nggida esa “Ordabasi” futbolchilari hisobni tenglashtirishdi.

Hujum chizig‘ini kuchaytirish maqsadida mezbonlar ustozi Ivan Nagaevni ikkinchi bo‘lim avvalida zaxiradan maydonga tushirdi va hamyurtimiz 77-daqiqada gol kiritib, chimkentliklarga g‘alaba keltirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Ordabasi” jamg‘argan ochkolar soni 22 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Quyida esa ushbu o‘yin videosharhi bilan tanishish imkoniga egasiz.

Qozog‘iston Premer-ligasi. 15-tur

“Ordabasi” – “Oqjayiq” 2:1

Gollar: Erkebulan Tungishbaev (44), Ivan Nagaev (77) – Malik Mane (39).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!