Qamoqdan chiqqan chempion kuchli raqib bilan urushmoqchi

  • 28 mart, 2018, 15:45
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Yarim o‘rta vazn toifasining WBA Super va WBC kamarlari sohibi (-66,7 kg) Kit Turman qamoqdan chiqdi va tez orada ringga qaytishni maqsad qilmoqda. Amerikalik bokschi oldinroq bir necha marta bir yillik majburiy tanaffusdan so‘ng kuchli raqib bilan kuch sinashishini ta’kidlab o‘tgan edi.

Tecno

Boxingtalk nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, jang 19 may kuni Bruklindagi (Nyu-York) “Barclays Center” arenasida bo‘lib o‘tishi mumkin. Turmanning raqibi jahon chempionligiga sobiq da’vogar Xosesito Lopes (35-7, 19 KO) bo‘ladi.

Lopes o‘z vaqtida Saul Alvares, Markos Maydana, Andre Berto va Jessi Vargas singari mashhur bokschilar bilan kuch sinashgan va ularning barchasida mag‘lubiyatga uchragan. Uning eng yaxshi natijasi Lopes 2012 yilda qayd etilib, o‘shanda sobiq jahon chempioni Viktor Ortisni nokautga uchratgan hamda WBC Silver kamarini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!