
Pyongchang olimpiadasi tashkilotchilari musobaqada ishlovchi volontyorlar sonini e’lon qildi
Xabaringiz bor, Janubiy Koreyaning Pyongchang shahri 2018 yilda o‘tkaziladigan qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqaga qancha volonyorlar jalb etilishi ma’lum bo‘ldi.
Musobaqa rasmiy saytining axborot tarqatishicha, qishki Olimpiya o‘yinlarida 16000 nafar ko‘ngilli qatnashishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, Paralimpiya o‘yinlarida esa 6400 nafar volonyor ishtirok etishi aytilmoqda.
Ushbu musobaqada ishtirok etishni istagan ko‘ngillilar o‘z arizalarini joriy yilning 31 dekabriga qadar topshirishlari mumkin.
Biatlon bo‘yicha Jahon kubogining to‘liq taqvimi e’lon qilindi
Fikrlar