
Peshqadamlar jangi yoxud "Yuventus" bugun "Sassuolo"ni qabul qiladi
Xabaringiz bor kecha A Seriyaning 4-turiga start berilgan edi. Bugun esa ushbu turdan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, amaldagi chempion – “Yuventus” o‘z maydonida mavsumni ancha yaxshi startda boshlagan “Sassuolo”ni qabul qiladi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Yuventus” va “Sassuolo” shu kungacha bor yo‘g‘i 10 marta to‘qnash kelishgan. Shularning 8tasida turinliklarning qo‘li baland kelgan, 1tasida sassuololiklar g‘olib chiqishgan. Qolgan 1ta o‘yin esa durang bilan yakunlangan.
- O‘tgan mavsum “Yuventus” “Sassuolo” darvozasiga 2ta o‘yinda jami 10ta gol urishga erishgan. Aniqrog‘i, safarda 3:1, o‘z maydonida 7:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
- “Sassuolo”ning “Yuventus” ustidan birinchi va oxirgi g‘alabasi 2015 yilda qayd etilgan.
- "Yuventus" bu mavsum chempionatning o‘tgan 3ta turida 100 foizlik natija qayd etib 9 ochko to‘plagan holda 1-o‘rinni egallab turibdi. "Sassuolo" esa 3ta o‘yinda 7 ochko to‘plagan holda jadvalning 3-pog‘onasidan joy olgan.
"Yuventus" – "Sassuolo"
Stadion: "Yuventus"
Boshlanish vaqti: 18:00
Bosh hakam: Daniele Chiffi
Taxminiy tarkiblar:
"Yuventus": Щestny, Kanselu, Bonuchchi, Kellini, Sandro, Matyuidi, Pyanich, Xedira, Bernardeski, Manjukich, Ronaldu.
"Sassuolo": Konsili, Ferrari, Manyani, Santos, Lirola, Rojerio, Dunkan, Lokatelli, Boateng, Babakar, Berardi.
Fikrlar