
Paralimpiyachilarimiz endi BAA da eng kuchlilar safidan o‘rin olmoqda
Joriy yilning 20-26 mart kunlari Birlashgan Arab Amirligining Dubay shaxrida engil atletika bo‘yicha Xalqaro Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda O‘zbekiston paralimpiya assotsiatsiyasi xabar tarqatmoqda.
Mazkur musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamo a’zolari engil atletikaning yadro uloqtirish turi bo‘yicha Semenova Natalya 2 o‘rinni (kumush) egallagan bo‘lsa, Sultonov Elbek 14.30 sm. va natijasi bilan 3 o‘rinni (bronza) egallab shoxsupaning yuqori o‘rinlaridan joy oldilar.
50ga yakin davlatdan 400dan ortiq sportchi kuch sinashayotgan mazkur musobaqada oldinda xamyurtlarimiz yana yadro uloqtirish, nayza uloqtirish va disk otish baxslarida ishtirok etadilar.
Fikrlar