O‘zbekistonlik Osiyo chempioni kubalik bokschini mag‘lub eta olmadi

CHERY AUTO

Jahon boks seriyalari "Uzbek Tigers" hamda "Cuba Domadores" o‘rtasidagi chorak finalning dastlabki janglari Samarqand shahridagi Mo‘’jiza amfiteatrida bo‘lib o‘tmoqda.

Tecno

O‘zbekiston va Kuba bokschilari o‘rtasidagi qarama-qarshilikni 64 kg vazn toifasida hamyurtimiz Osiyo chempioni Iqboljon Xoldorov kubalik Endi Kruzga qarshi jang bilan davom ettirdi.

Ushbu bahsga qadar umumiy hisobda yaqqol ustunlik bilan oldinda borayotgan "Uzbek Tigers" jamoasi uchinchi jangda o‘z hisoblariga g‘alaba yozib qo‘ya olishmadi.

Ilk raunddanoq jangdagi tashabbusni o‘z qo‘liga olgan kubalik bokschi Endi Kruz yakunda o‘z jamoasiga chorak finaldagi birinchi g‘alabani olib keldi.

Umumiy hisob

"Uzbek Tigers" 2:1 "Cuba Domadores"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!